Joriy yilning 24 yanvar sanasida “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi hamda Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani Guliston MFYda joylashgan “National agro products” fermer xo‘jaligi raisi Goipov Xamid bilan birgalikda davra suhbati o‘tkazildi. Fermer xo‘jaligining 300 gektar sug‘oriladigan maydoni bo‘lib, paxta-g‘alla almashlab ekishga asoslangan. Belgilangan rejalar har doim yuqori o‘rinda bajarib kelinmoqda.
Fermer xo‘jaligining 47 gektar maydonida Yevropaning rivojlangan davlati, Italiyada ishlab chiqilgan tomchilatib sug‘orish tizimi orqali 2019 yilda paxta dalasi sug‘orilgan. Hozirgi kunda 90 gektar maydonda paxta dalalarini sug‘orishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi loyihalash uchun Isroil Davlatining “Netafim” kompaniyasi bilan Shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur fermer xo‘jalik bilan xamkorlikda "G‘o‘zani parvarishida tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orish tartibini ishlab chiqish" bo‘yicha dala tajriba ishlarini kafedra professor-o‘qituvchilari, bakalavr va magistr bilan birgalikda olib borishi xamda institutimiz doktoranti Ergashova Dilnara Tolыbaevna g‘o‘zani magnitli suvdan foydalanib sug‘orish ishlari kelishib olindi. Mazkur bajariladigan ishlar bo‘yicha tayyorlangan ishchi dastur fermerga taqdim qilindi va ishlarning bajarilish ketma- ketligi kelishib olindi.
Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi, prof.v.b. Matyakubov B.Sh.axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov