2021- yil 20-fevral kuni institutimizda har shanba “Sport va sog‘lomlashtirish” kuni doirasida “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari ishdan bo‘sh vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tkazish maqsadida institutimizning sport zalida o‘zaro sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha musobaqasini tashkil etishdi. Unda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari ishtirok etishib, sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan kurashlarda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini nafaqat jismoniy, shuningdek, aqliy jihatdan ham faolliklarini namoyish etishdi va musobaqa eng qiziqarli va shiddatga boy tarzda o‘tkazildi. Musobaqa yakunida shashka bo‘yicha kafedramizning dotsenti Sh.Xodjimuxammedova, shaxmat bo‘yicha esa kafedra dotsenti A.Babajonovlar g‘olib bo‘lib, yosh profesor-o‘qituvchilarga o‘rnak bo‘ldilar.
TIQXMMI matbuot xizmati