Yarashov Javlonbek Adamboevichning dissertatsiya ishi himoyasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy Kengashning  2021-yil 2-iyun soat 1400 dagi navbatdagi yig‘ilishi

KUN TARTIBI

Talabgor Yarashov Javlonbek Adamboevichning 05.09.06-"Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi" va 01.02.04- "Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi" (texnika fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlangan «Gruntning elastik-plastik xossalari va inshootning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning mustaxkamligini baholash. (Pskom suv ombori to‘g‘oni misolida)» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi. Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy Kengash raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi    DSs.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.