Harbiy kafedra talabalari bilan uchrashuv

2019 yil 24 iyun kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari TIQXMMI qoshidagi Harbiy kafedra talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. U “O‘zbekiston Respublikasida harbiy sanoat potensiali” mavzusidagi davra suhbati tarzida o‘tkazildi. Davra suhbatida kafedra mudiri Sh. Xodjimuhamedova va katta o‘qituvchi I. Yuldashevalar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasida harbiy sanoatning potensialini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qabul qilingan mudofaa sanoat kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi haqida tushunchalar berib o‘tdilar. Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar asosiga qurildi.

SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov