UniCEN loyihalari haqidagi amaliy suhbat va hamkorlik

2021 yilning 24 avgust kuni institutimizga AQSHning Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik dasturi (UniCEN) rahbari Adrian Erlinger qadam ranjida qildi. Uni TIQXMMI rektori v.b. professor Mirzaev Bahodir Suyunovich boshchiligidagi mutasaddi prorektor va professor o‘qituvchilar kutib olishdi. Ma’lumki, institut bilan xususan “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi UniCEN loyihalari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Oklaxoma shtati universiteti (OSHU) bilan “Central Asia University Partnerships Program with Uzbekistan” nomli loyiha tuzilgan. Pandemiya sabab biroz to‘xtab qolgan edi. Hozirda OSHU professorlari QXM yo‘nalishi talabalari uchun zamonaviy fanlardan videodarslar yaratish ustida ishlamoqda.

SHuningdek, Missisipi shtati universiteti bilan “MSU and TSAU and TIIAME Dual Degree Initiative” nomli loyiha. Ushbu loyiha doirasida TIQXMMIda yangi ochilgan Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi magistratura dasturi  qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Ushbu loyiha koordinatori Bryan Farrell 2020 yil 10-11 fevral kunlari institutimizga tashrif buyurib institut va QXM fakulteti bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida qo‘shma magistratura dasturlari bo‘yicha bajariladigan ishlar muhokama qilinib, professor-o‘qituvchilar va magistrantlar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi, shuningdek, Bryan Farrell Missisipi shtati universitetidagi shart-sharoitlar va hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha taqdimot qilgandi.

Ayni paytda Ayova shtati universiteti bilan “Advanced agricultural machinery partnership between Iowa State and TIIAME” nomli loyiha ham 2020 yil sentyabr oyidan boshlab QXM fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi injenerligi mavzularida har oyda bir marta onlayn vebinarlar o‘tkazilib kelinmoqda.  O‘zaro suhbat jarayonida xuddi shu masalalar hisoboti borasida so‘z bordi va kelgusida amalga oshiriladigan rejalar xususida ham kelishib olindi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati