Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shaxrida joylashgan “XUMO ARENA” jahonning barcha talablariga mos ravishda barpo etilgan zamonaviy muz saroyi. Institutimiz rektorining 2019 yil 20 apreldagi va "Gidromelioratsiya" fakulteti dekanining 2019 yil 20 apreldagi “Gidromelioratsiya" fakulteti talabalarining O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, “Xumo arenasi” va “Toshkent siti” (“Toshkent Citi”)ga tashrifi yuzasidan reja-jadvali”ga muvofiq 2019 yil 22 noyabr kuni “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 109-guruh talabalari guruh murabbiyi B.T.Amanov bilan birgalikda “Xumo arenasi”ga tashrif buyurishdi.
Muz majmuasining infratuzilmasi tomoshabinlar uch qavatda o‘tiradigan 12 500 o‘rinlik katta muz arenasida tomoshabinga mo‘ljallangan mashqlar uchun muz arenasi, aziz mehmonlar uchun o‘ta qulay matbuot markazi, konferensiya zali, sport anjomlari do‘koni, fitnes va bolalar uchun o‘quv-ko‘ngil ochar hududdan iborat ekanligini talabalar tomonidan sayoxat davomida yuqoridagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va sayohatdan mamnun bo‘ldilar. Yangi multifunksional muz majmuasi – O‘zbekiston uchun eksklyuziv loyiha va bugungi kunda azim shaharning eng yaxshi sport-madaniyat markazi degan nomga sazovor bo‘lmoqda. Talabalar sayohat davomida ilm-fanni chuqur o‘zlashtirish o‘z kelajagi va mamlakat taraqqiyoti uchun katta hissa bo‘lishini anglab yetdilar.
«Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish» kafedrasi dotsenti Baxodir Amanov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov