Shu kunlarda har bir inson yangi yilni qarshilab olishga tayyorgarlik ko‘rayapti desak, adashmagan bo‘lamiz, menimcha. Bizning institutda ham qish mavsumiga oziq-ovqat zaxirasini yaratish maqsadida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa tadbirkorlar bilan kelishuv asosida arzonlashtirilgan narxlarda «Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi» tashkil qilindi! Bugun esa yarmarkamizning 1-kuni bo‘lib o‘tdi. Arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan bir qatorda bepul guruchlar ham institutimizda faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun talon asosida tarqatildi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov