Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektorining 2020 yil 20 fevraldagi 109/t-sonli “Ishlab chiqarish” amaliyotini tashkil qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishoq va suv xo‘jaligining energiya ta’minoti” fakulteti 5430200-Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabalari bilan 2020 yil 24 fevral kuni “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi assistenti N.Markaev boshchiligida “O‘zdonmahsulot” AK korxonasiga qarashli “Toshkent don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatiga borib, Texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirib, korxonaning tashkil qilinishi hozirgi faoliyati bilan korxona vakillari tomonidan tanishtirib chiqildi. Talabalar korxonasida bajarilayotgan ish jarayonini bevosita ko‘rib institutda olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog‘lash hamda ishlab chiqarish korxonalarida nimalarga e’tibor berish kerakligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar olishdi. “O‘zdonmahsulot” AK kabi ishlab chiqarishdagi jarayonlar barcha 4-kurs talabalari uchun qiziqarli va savol javoblarga boy bo‘ldi.
ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov