QALBDAGI QADRIYATLAR

Institut yoshlar ittifoqi faollari Toshkent shahar miqyosida o‘tkazilgan "Qadriyat, urf-odat, an‘ana va yoshlar" tanlovida faol ishtirok etishdi. Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun Toshkent shahar tumanlari tomonidan Navro‘z bayram sayllarida qatnashib, yoshlar marafoni, osh chempionati, milliy o‘yinlar, viloyatlardan kelgan mehmonlar bilan davra suhbatlari, milliy raqslar,  yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlari bilan tanishuv kabi taassurotlarga ega bo‘lishdi. Eng muhimi, yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik, o‘zbekona qadriyatlarga sodiqlik, vatanga muhabbat  tuyg‘ularning yanada jonlanishiga turtki bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Harakat, faollik davr talabi. 

Institut yoshlar yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti​

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov​