Maʼlumki, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Istiqlol yillarida mazkur soha tubdan isloh qilinib, uning samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning muhim omili sifatida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida izchil chora-tadbirlar koʻrilayapti. Sababi, respublikamizda sugʻoriladigan yerlarning yarmidan koʻprogʻi turli darajada shoʻrlangan boʻlib, bu hol tuproq unumdorligi, ekinlar hosildorligiga doimo xavf solib turadi. Biroq yurtimizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sizot suvlari sathini pasaytirish masalasiga ustuvor ahamiyat berilib, tizimli chora-tadbirlar olib borilayotgani tufayli muammolar oʻz yechimini topmoqda.
Bugun institutimizning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Axmedjanova Gulnora Teshabayevna 3 - bosqich 303-guruh talabalariga “Sugʻoriladigan yerlarda zax qochirish ishlari.Umumiy va xususiy suv muvozanat tenglamalari” mavzusida Ochiq amaliy mashgʻulot darsini oʻtdi. Ochiq darsda Gidrometerologiya ilmiy-tekshirish instituti kichik ilmiy xodimi Gafurov A.A., Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Mashgʻulot avvalida oʻqituvchi talabalarga: Sugʻoriladigan yerlarda zax qochirish ishlari. Umumiy va xususiy suv muvozanat tenglamalari haqida tushunchalar berish bilan boshladi. Shuningdek, zovurga tushadigan yuklamni nima uchun aniqlash kerakligi tartibi tushuntirildi va talabalarni har biriga alohida topshiriqlar berildi. Dars soʻngida mashgʻulotda faol ishtirok etganlikka qarab oʻqituvchi har bir talabani baholab bordi. Amaliy mashgʻulot darsi talabalar va oʻqituvchi oʻrtasida oʻzaro fikr-almashinib,savol-javob tarzida qiziqarli oʻtkazildi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Axmedjanova G. Axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov