2021-yilning 23-aprel kuni Namangan muhandislik texnologiyalari institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari, fakultet dekanlari prorektor boshchiligida tajriba almashishi, erishilayotgan yutuqlar bilan tanishish maqsadida institutimizga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida institutimizning fakultetlari, laboratoriyalari va bo‘limlarida bo‘lishib, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqotlar, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarining amalga oshirilish jarayoni bilan tanishdilar. Mehmonlar institutimizda birinchi kurslarning kredit-mudul tizimida o‘qish jarayoni bilan tanishishga alohida e'tibor berishdi. O‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni samarali tashkil etishda o‘zaro hamkorlik, yutuqlar bilan o‘rtoqlashish, tajriba almashishi har ikki tomon uchun manfaatli ekanligi yana bir bor qayd etildi. O‘zaro hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati