Respublika Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni keng joriy qilishga qaratilgan tadbirlarning 5-tashabbusi doirasida talaba qizlarning mahoratini aniqlash va qizlar oʻzlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi uchun filialda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Qizlarjon” tanlovi 3 ta shart boʻyicha oʻtkaziladi va “Eng yaxshi milliy qadriyatlar targʻibotchisi “ ,“Eng saranjom qiz “, “Eng mohir pazanda”,“Eng mahoratli qiz”, “Eng yaxshi sahna koʻrinishi muallifi“ nominatsiyalari boʻyicha tashkil qilindi.
Tanlovni oʻtkazish boʻyicha filial professor-oʻqituvchilari, mutaxassislar, hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat hakamlar hayʼati tuzildi. Talabalar tomonidan shartlar boʻyicha tayyorlangan ijodiy ishlar hakamlar hayʼati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida 5 ballik tizimda baholandi. Tanlov gʻoliblariga nominatsiyalar boʻyicha diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Bayram dasturidan “O’zbek milliy liboslari” ko’rgazmasi ham o’rin olgan edi. Tashrif buyurgan mehmonlar va talaba-yoshlarga milliy liboslarimizning ko’rgazmasi ham tashkil etildi.
TIQXMMI Matbuot xizmati