O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yo’nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan bo’lib, o’tgan davr mobaynida bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirilganligini alohida ta’kidlash joiz. 2021-yil 24-aprel kuni YERB fakultetining 414 –KT-yer tuzish va yer kadastri yo’nalishi talabalri o’rtasida shaxmat-shashka bo’yicha sport musobaqasi o’tkazildi. Ushbu musobaqada M.Norqobilov hakamlik qildi. Rustamova D.1-o’rin, Minasipov B. 2-o’rin va N.Raximjonova 3-o’rinni egallashdi.
Guruh murabbiyi Z.Xafizova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati