2020 yilning 26 mart kuni institutimiz professor-o‘qituvchilari Z.Ismoilova, Z.Hafizova, S.Sharipov hamda D.Xursandovalar poytaxtimizning so‘lim "Adiblar xiyoboni"ga tashrif buyurishdi. Yaqindagina prezidentimiz tomonidan ochib berilgan mazkur xiyobon o‘zining go‘zalligi, ko‘rku-tarovati bilan poytaxtimiz markazidagi ajoyib maskanga aylangan. "Adiblar xiyoboni"ni aylanar ekaknmiz go‘yoki o‘zbek adabiyoti olamining mutafakkir Mir Alisher Navoiy zamonidan to hozirgi kungacha bo‘lgan shukuhini his etdik. Tashrif chog‘ida institutimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zbekning buyuk shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gul qo‘yildi. Endilikda idib ijodini ommalashtirish yuzasidan institutimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Institutda Abdulla Oripov muzeyi, ijod xonasi, adib ijodiga bag‘ishlangan turli tadbirlaru onlayn vebinarlarni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar shular jumlasidlandir. Tashrif yakunida olam-olam ta’surotlar bilan institutga qaytdik.
Zuhriddin Haydarov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti