Institutimiz rektorining 271A/F sonli buyrug`iga binoan bugun 2021-yilning 26-may kuni Yakuniy Davlat Atestatsiyasi va BMI himoyalarini navbatdagisi ya’ni “Kasb ta’limi” mutaxassisliklari o`rtasida ham bo`lib o`tmoqda. Unda Yakuniy Davlat Atestatsiya Komissiyasi raisi Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti "Kasb ta'limi va iqtisodiyot" kafedra professori Hakimova Muhabbat Fayziyevna, rais o`rinbosari Institutimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy, ma’rifiy ishlari bo`yicha prorektori Choriyev Ruzimurat Kungratovich hamda institutimiz “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o`qituvchilari Yakuniy Davlat Attestatsiya Komissiyasining a’zosi sifatida qatnashishmoqda.
Talabalarimiz Yakuniy Davlat Attestatsiyasiga yuqori darajada tayyorgarlik ko`rganliklarini navbati bilan isbotlab bermoqdalar, misol tariqasida aytish mumkinki Gidromelioratsiya fakultetining 4-bosqich talabasi Sohiba Imomaliyeva birinchilardan bo`lib A’lo bahoni qo`lga kiritib Yakuniy Davlat Attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o`tganlar orasida birinchi bo`ldi.
Yakuniy Davlat Attestatsiyalari davom etmoqda…