2019 yil 25 yanvarda “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 3-bosqich talabalari, YERB fakultetining dekani dos. Sh. Narbayev, “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri dos. A. Bobojonov va kafedralar oʻqituvchilari bilan birgalikda “Qarindoshlar orasidagi nikohlarni salbiy taʼsiri” mavzusida umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu yigʻilishda Toshkent shahar Reproduktiv salomatlik markazining direktori D. Voxidova, ushbu markazning malakali shifokori Z. Yuldashevalar qatnashdilar. Z. Yuldasheva 2014 yil 1 avgustdagi 2014-2018 yillarda Oʻzbekiston aholisini reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi. Undan tashqari Qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibati natijasida nogiron bolalarning dunyoga kelishi va oʻlim bilan tugashi toʻgʻrisida gapirib oʻtdi. Shundan soʻng talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib muzokara oʻtkazildi.
Institut xotin-qizlar qoʻmitasining raisi Z.Xafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov