Talabalar ruhiyati haqida ruhiyatshunos

26–noyabr kuni TIQXMMI “B” korpus ma'ruzalar zalida Gidromelioratsiya fakul'teti 1 – kurs talabalari bilan institut psixologi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan maqsad institut psixologi faoliyati bilan talabalarni tanishtirish va targ'ibot qilish edi. Uchrashuvni GM fakul'teti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O. Habibullaev o’z kirish so’zi bilan ochib, so’z navbatini institut psixologiga berdi. Institut psixologi Muhayyo Kamolxonovna Muxamedova talabalarga “Institut psixologining faoliyati” mavzusida taqdimot qildi va psixologning boshqa mutaxassislardan farqi haqida talabalarga ma'lumot berdi. Shu bilan birga institut psixologining institutda olib boradigan faoliyati turlari bilan tanishtirib o’tdi. Uchrashuvda tanishuv treningi va “Rasmli test” orqali talabalarning xarakter xususiyatini aniqlash testi o’tkazildi. Tadbirda psixologning inson hayotidagi tutgan o’rni haqida GM fakul'teti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini O, Habibullaev va fakul'tet yoshlar ittifoqi etakchisi A. Hamidovlar o’z fikrlarini bildirib o’tishdi. Yig'ilish so’ngida talabalar institut psixologiga o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.“Institut psixologi faoliyati” to’Ň“risidagi varaqalar tarqatildi va barcha talabalarga “Psixolog maslahati” kanaliga a'zo bo’lish tavsiya qilindi. Shu bilan qizg'in tarzda tadbir o’z yakuniga etdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati