Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari maktab+OTM tizimida o‘z bilimlarini maktab o‘quvchilari va pedagogik jamoasi bilan o‘rtoqlashishi ma’rifiy-madaniy maqsadning nishonasi deyish mumkin. Chunki, yoshlarga maqsadni belgilash va unga erishish uchun qanday yul tutishlari uchun ilmiy pedagogik jamoaning yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilishi pirovard maqsadga erishish uchun yordam beradi. Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “...biz bolalarni imtihonga emas, hayotga tayyorlashimiz kerak. Lekin, bilimsiz o‘quvchini hayotda o‘z o‘rnini topishi ham mushkul” deb takror-takror ta’kidlab kelmoqdalar. Shu maqsadda ushbu maktab o‘quvchilari bilan ishlash institutimizning "Yer resurslarini boshqarish" fakultetiga biriktirilgan bo‘lib, qisqa fursatga qaramasdan dastlabki ishlar ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi bo‘yicha tashkil qilinmoqda. Davlat dasturiga muvofiq bunday ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu nuqtai nazardan 2020 yil 25 dekabr kuni Yunusobod tumanidagi 274 - umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilariga “Yoshlarni kasbga yo‘naltirish” mavzusida suhbat hamda “Qiziqarli matematika” bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Xususan "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sharafitdin Narbaev boshchiligidagi fakultet jamoasi Yunusobod tumanidagi 274-umumiy o‘rta ta’lim maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra suhbatini o‘tdi. Tajriba almashish, malaka oshirish maktab o‘quvchilariga motivatsiya berish kelajakda o‘z o‘rinlarini topishlariga yordam beribgina qolmay, balki, imkoniyat va iste’dod eshiklarini ham ochadi. Dekan ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbir savol va javoblar bilan qizg‘in tarzda kechgani e’tiborlidir. Shuningdek, institumizning “Oliy matematika” kafedrasi o‘qituvchisi Oqiljon Ergashev tomonidan “Qiziqarli matematika” bo‘yicha mahorat dars tashqil qilindi. Mahorat darsi o‘quvchilarning matematika faniga qiziqishini yanada oshirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati