Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish va yangi yuksak sifat bosqichiga ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. So‘nggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlarning davomi sifatida “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasida “Nazariy mexanika”fani bo'yicha 1-bosqich Respublika fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Respublika fan olimpiadasi 1-bosqich olimpiadasida institutning “Suv xo’jaligi va melioratsiya”, Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish, Gidrotexnika qurilishi, Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash bakalavriat yo’nalishlaridan 17 nafar talabalari ishtirok etishdi. Respublika fan olimpiadasi yuqori saviyada “Nizom” talablari asosida o’tkazildi.
Respublika fan olimpiadasi 1-bosqichida GTQ 207- guruh talabasi Karimov A, GTQ 203- guruh talabasi Axatov S, GTQ 203- guruh talabasi Maxkamov X, GTQ 210- guruh talabasi Dushaboev SH, GTQ 210- guruh talabasi Jumaboev X, GTQ 201- guruh talabasi Zokirov I, GTQ 201- guruh talabasi Karimov A, GTQ 209- guruh talabasi Mirzabekov SH, GIM 201- guruh talabasi Oromov S, GIM 201- guruh talabasi Bobobekov SH, GIM 201- guruh talabasi Xojiqurbonov N, GIM 201- guruh talabasi Sobirov M, QXEA 203- guruh talabasi Xojabergenov R, QXEA 303- guruh talabasi F.Elmurodovlar faol qatnashishdi. “Nazariy mexanika”fanidan Respublika fan olimpiadasi 1-bosqich natijalariga asosan Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish bakalavriat ta’lim yo’nalishi 2-kurs 211-guruh talabasi Kurseitov A (rahbar: dots. SH.O.Xudaynazarov) 320 ball natija bilan birinchi, Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish bakalavriat yo’nalishi 2 kurs 210-guruh talabasi Jumaboev X (rahbar: dots. Q.Xusanov) 287 ball natija bilan 2-o’rinni, Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish bakalavriat yo’nalishi 2 kurs 210-guruh talabasi Dushaboev Sh (rahbar: dots. Q.Xusanov) 270 ball bilan 3-o’rinni egalladi.
“Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi mudiri prof. M.Mirsaidov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov