“Gidrologiya va ekologiya” kafedrasi mudiri X. T. To‘xtayeva tashabbusi bilan Romitan tumani Qoqishtuvon MFYda joylashgan filialning laboratoriyasida EAMM 1.1 guruhining o‘quv-tanishuv amaliyoti o‘tkazilmoqda. Amaliyot rahbarlari sifatida dotsent Y.B.Rahmatov, X.T.To‘xtayeva, assistentlar J.Dustov va Sh.Hakimovlar talabalarga amaliy bilimlarni o‘rgatishmoqda. Mazkur o‘quv-tanishuv amaliyot maqsadi Romitan tumanidagi cho‘l zonasida saksovul turlarini laboratoriya sharoitida ekib undirish hamda tuproq eroziyasi va yer usti suvlari bilan tanishib, tahlillar o‘tkazish, eko-maktab bilan tanishib filial haqida ma’lumotlar berishdir. Romitan tumani Qoqishtuvon MFY aholisi o‘rtasida eko-so‘rovnomalar tashkillashtirish. Bu kabi keng ko‘lamli o‘quv-tanishuv amaliyotlari talabalarning yetuk, raqobat bardosh va malakali kadr bo‘lib yetishishlarida katta ahamiyat kasb etadi.
Hozirda o‘quv-tanishuv amaliyotida bo‘lib turgan “Gidrologiya va ekologiya” kafedrasining bir qator talabalari va ustozlari Romitan tumanida ziyorat va eko turizmni rivojlantirishning bir qancha imkoniyatlarini ham o‘rganishmoqda. Tumanda mavjud salohiyatdan maksimal foydalanish, qishloq va suv xo‘jaligida mavjud imkoniyatlarni oshirish ustuvor vazifalardan biri sifatida o‘quv-tanishuv amaliyotining dasturidan joy olgan.
TIQXMMI matbuot xizmati