“UzCLAASAgro” korxonasida texnologik amaliyot

Joriy yilning 26 - aprelidan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti “Qishloq va suv xo‘jaligi texnik servisi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari “Uz CLAAS Agro” korxonasida texnologik amaliyotni boshladilar. Xorijiy sarmoyalarga ega “Uz CLAAS Agro” qo‘shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida zamonaviy yuqori texnologiyali mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifalari "CLAAS" brendi ostida mashhur qishloq xo‘jaligi texnikalari - traktorlar, g‘alla va yem-xashak kombaynlari, press-podborщiklar va boshqa harakatlanuvchi va tirkamali qishloq xo‘jalik texnikalarini yaratishga ixtisoslashgan. Jumladan, tejamkorlik, samaradorlik va sifat jihatidan dunyoning eng yaxshi traktorlari bilan raqobatlasha oladigan “ARION 630C” traktorini korxonaning eng ommabop mahsuloti sifatida aytib o‘tish mumkin. Talabalarimiz ushbu korxonada 15-mayga qadar texnologik amaliyotni o‘taydilar.


YBIB bo‘yicha dekan muovini K.Usmonov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati