Sohibqiron Amir Temur xalq farovonligi-yu, mamlakat obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, ariqlar qazishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga alohida e’tibor bergan. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko‘tarish, aholi uchun savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor bozorlar, rastalar va turli-tuman ustaxonalarni barpo etib, xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirgan. Ezgulikning barhayotligi, an’analarning bardavomligiga asos sifatida shuni e’tirof etish o‘rinliki, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan har jabhadagi o‘zgarishlar, obodonchiliklarni ko‘rib quvonasan kishi.
TIQXMMI Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda iqtidorli va faol talabalari jamoasi Temur tug‘ilib voyaga yetgan manzilgohga - Shahrisabzga sayohat qilib, tarixiy qadamjolarni ko‘zdan kechirib, xalqimiz har sohada mohir bo‘lganligiga yana bir bor ishonch hosil qilishdi hamda Temur saltanatidan ko‘ngli g‘ururga to‘ldi.
Yurtimizda ichki turizm sifatida Shahrisabzga qilingan sayohat har bir kishining ko‘nglida shubhasiz, buyuk tarixga, buyuk ajdodlariga munosib tarzda mehnat qilishga undaydi. Bejiz xalqimiz orasida ”Yaxshi dam – mehnatga hamdam” - degan ibora yurmaydi. Bu kabi tadbirlar esa filial jamoasini mehnat unumdorligini oshirishi hamda talabalarni o‘qishiga yanada kuch-g‘ayrat berishi bilan ham ahamiyatlidir.
TIQXMMI matbuot xizmati