Xalqaro magistraturada o’qishni xoxlaydigan abiturientlar diqqatiga!

 “Ikki tomonlama diplom (double degree)” loyihasi tomonidan taqdim etilgan xalqaro magistraturaga qabul davom etadi.

Xalqaro magistratura TIQXMMI tashabbusi bilan “Atrof Muhit Muhofazasi” mutaxassisligi bo’yicha kadrlarni atrof muhit muhofazasi va qishloq xo’jaligi soxasida dunyoning lideri bo’lmish (QS world university ranking 2018 – versiyasi bo’yicha 1-o’rin) nufuzli Vageningen Universiteti (Niderlandiya) bilan birgalikda 2004 – yildan buyon amalga oshiriladi.

Joriy yilda, “ikki tomonlama diplom” loyihasiga Michigan Shtati Universiteti (AQSh) va Slovak Qishloq Xo’jaligi Universiteti (Slovakiya) ham qo’shildi. Bu dastur doirasidagi o’tilinadigan darslar ingliz tilida olib boriladi va 1-bosqichni muvaffaqiyatli tamomlagan magistrantlar yuqorida sanab o’tilgan xorijning nufuzli universitetlaridan biriga 2-bosqichni davom ettirishga jo’natilinadi hamda ikki univeristetning (TIQXMMI va yuqoridagi universitetlardan biri) diplomiga ega bo’ladi.

Nomzodga qo’yiladigan minimal talablar:

• Bakalavr bosqichidagi o’zlashtirilgan reyting ko’rsatkichi 71 balldan kam bo’masligi kerak

• IELTS 5 va undan yuqori

Murojaat uchun telefonlar va e-mail:

khasanov19@inbox.ru

(1) +998946711776

(2) +998712371934