O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari (OTM) talabalari respublika onlayn fan olimpiadasini 2021-yilda tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2021-yil 31-martdagi 159-son buyrug‘i bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika onlayn fan olimpiadasi o‘tkazish tartibi belgilangan. “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Materiallar qarshiligi” fanidan talabalar o‘rtasida 1-tur olimpiadasi o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan 2021-yil 23-aprel kuni respublika onlayn fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda GTQ, GM, GIM, QXM fakultetlarining “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”, “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetik ob’ektlar”, “Suv xo‘jaligi va melioratsiyaishlarini mexanizatsiyalash”, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” va “Meliorativ gidrogeologiya” ta’lim yo‘nalishlaridan 2 va 3 bosqich talabalari qatnashishdi.
Olimpiadaning birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining “Gidrotexnika qurilishi” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich, 4-guruh talabasi Sh.Jiyanov I o‘rinni va “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich, 2-guruh talabasi O.Dadamirzayev II o‘rinni egalladi.
“Nazariy va qurilish” kafedrasi
dotsenti B.Yuldoshev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati