Norqulov Bahodir Musulmanovichning dissertatsiya ishi himoyasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengashning  2021-yil 11-iyun  soat 1400 dagi navbatdagi yigʼilishi

KUN TАRTIBI

Talabgor Norqulov Bahodir Musulmanovichning 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari) ixtisosligi boʼyicha “Suv tashlash inshootlarida oqim energiyasini soʼndirish usullari” mavzusida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi. Ilmiy Kengash faoliyat koʼrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.