Ilmiy maqolani chop qilishda xalqaro tajriba

2021-yil 25-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Xinjiang Institute of Ecology and Geography, Chinese Academy of Sciences (SAS)” professori Tie Liu ning “The experience exchanging of SCI composing (Tadqiqot natijalarini ilmiy nashrlar xalqaro kengashida e’lon qilish tajribalari)” mavzusidagi vebinari onlayn shaklda tashkil qilindi.

Vebinarda professori Tie Liu, ilmiy maqola chop qilish bo‘yicha jurnal tanlashning asosiy yo‘nalishlari hamda ilmiy - tadqiqot natijalarini ilmiy yuqori impak faktor nashrlarda chop qilish bo‘yicha taqdimot qildi. Ilmiy maqola chop qilishda bir qancha usullar mavjudligi bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi, jumladan dala va laboratoriya sharoitidan olingan ma’lumotlarni taxlil qilish hamda ilmiy yangilik tamoyillarini ko‘rsatib berish, soha bo‘yicha ko‘p yillik ma’lumotlarni o‘rganish hamda taxlil qilish yuzasidan yakuniy xulosalar qilish, olimlarning soha bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan adabiyotlar sharxidan foydalanilgan holda yakuniy xulosa va takliflarini o‘rganish natijasida maqola chop qilish mumkinligini tushuntirib o‘tildi. Shu bilan birga maqola yozishda asosiy tamoyillardan, har bir ochilishi kerak bo‘lgan bo‘limlarni aniq va tushunarli holda yoritilishi kerakligiga to‘xtaldi.

Hamda mazmun mohiyat belgilangan mavzudan chetlashmasligi, foydalanilgan adabiyotlar ilmiy maqola keltirilishida aniq soha doirasida bo‘lishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi. Vebinar juda qiziqarli hamda savollarga boy tarzda o‘tdi. Vebinar oxirida professori Tie Liu ga vebinar doirasida qilgan taqdimoti uchun institut rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari nomidan minatdorchilik bildirildi.

 

 

Ma’lumot “Ilmiy bo‘lim” tomonidan tayyorlandi.
TIQXMMI matbuot xizmati