Malayziyaning yetakchi xususiy universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Malayziyaning INTI universities & Colleges bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Malayziya tomonidan Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i Irina Kim, bo‘lim mutaxassisi Malkolm Ng TIQXMMI tomonidan Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov, Buxoro filial Xalqaro bo‘lim boshlig‘i A.Sobirov, GTQ kafedra dotsenti N.Ikramovlar ishtirok etishdi.

Ikki tomonning ta’lim muassasasi haqidagi tanishtiruv prezentatsiyalar taqdim qilishdi. So‘ngra o‘zaro hamkorlikda qilinadigan tarmoqlar kelishib olindi. Jumladan, Malayziyalik hamkorlar TIQXMMI xodimlari uchun bepul onlayn ingliz tili kurslarini tashkil etish, hamkorlikda qo‘shma bakalavriat ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, PhD talabalarini INTI universitetida qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish bo‘yicha muzokara olib borildi. Ma’lumot uchun: INTI universities & Colleges Malayziyada joylashgan bo‘lib, xususiy universitet hisoblanadi. 10 fakultet mavjud bo‘lib, 16000 tadan ortiq talaba tahsil oladi.

TIQXMMI matbuot xizmati