29-yanvar kuni TIQXMMI, “Fizika va kimyo” kafedrasi professor oʼqituvchilari Yunusobod tumanidagi 150-maktabga xamkorlik boʼyicha tashrif buyurishdi. Kafedra dotsenti S.N. Xodjibekov va kafedra katta oʼqituvchisi. Z.F. Beknazarovalar tomonidan maktabning 11–sinf oʼquvchilariga fizika fanidan “Qiziqarli fizika” va kimyo fanidan esa “Suv xayot manbai”mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Darslar axborot texnologiyadan foydalanib animatsiyali slaydlar yordamida olib borildi. Bu oʼquvchilarda tabiiy fanlarga boʼlgan qiziqishini yanada koʼchaytirdi desak mubolagʼa boʼlmaydi. Dars jarayonida oʼquvchilar oʼzlarining qiziqqan savollari bilan murojaat qilishdi, ayniqsa bitiruvchi sinflar OTM boʼyicha, u yerda talaba yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar toʼgʼrisida berilgan savollariga oʼqituvchilar tomonidan toʼligʼincha hayotiy misollar bilan javob olishdi. Oʼquvchilar tomonidan shunday hamkorlikni yanada koʼchaytirish, fizika va kimyo fanlari toʼgʼrisida qiziqarli mashgʼulotlar koʼproq tashkil etish takliflari berildi.
TIQXMMI matbuot xizmati