Joriy yilning 27-mart kuni TIQXMMI Qarshi filiali “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti GTI va NSF ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalariga tayanch institutimizning “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori (PhD) Qahhorov O’ktam Abduraximovich tomonidan “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar” fanining maqsadi, vazifalari, laboratoriya ishlari va kurs ishini bajarish tartib qoidalari bo’yicha seminar o’tkazildi.
Ushbu seminar davomida hozirgi kundagi dolzarb va qiziqarli mavzu bo’lgan Respublikamizdagi grunt to’g’onlar tanasida gruntlarning mexanik, fizik va kimyoviy xossalari, kuchlanish-deformatsiya holatlari bo’yicha ma’lumotlar berildi.
“Umumtexik fanlar” kafedrasi assistenti A.Sh.Suyunov axboroti
TIQXMMI Matbuot xizmati