Davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklashga katta ahamiyat berildi. O‘zbekiston xalqi o‘z tarixini tiklash, haqsiz unutilgan nomlarni, jahon rivojlanishida muhim rol o‘ynagan tarixiy shaxslarni yorug‘likka chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mohir sarkarda va siyosatchi, islohotchi, savdo-sotiq, hunarmandchilik ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur ana shunday shaxslar qatorida turardi. “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbaev va fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova tashabbusi bilan bugun buyuk sarkarda tavallud kuniga bag‘ishlab, 4-talabalar turar joyida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tarix fanlari doktori, professor Sh. O‘ljaeva va Yuridik fanlari nomzodi, dotsent G. Xudoyberdieva “Dunyoni zabt etgan millatimiz faxri, buyuk zot Vatanimiz kechmishi, buguni sohibqiron Amir Temur hayot yo‘llari” mavzusida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ular o‘z nutqida Amir Temur markazlashgan davlatga asos solib, uning kuch-qudratini har tomonlama mustahkamlab va rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoydi. Buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va xalqlarni birlashtirdi.
Uning davrida, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat yuqori cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda, Temuriylar davrida asos solindi. Ana shu tarixiy haqiqat mamalakatimizni birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovni doimo to‘lqinlantirib kelardi va shu bois yangi bir g‘oya namoyon bo‘ldi. Bu – buyuk bobokalonimiz xotirasini o‘z ona tuprog‘ida, O‘zbekistonda abadiylashtirish g‘oyasi edi. Shunga asosan birinchi Prezidentimizning farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi va uning 660 yillik yubileyi respublikamizda keng nishonlangan deb talaba-yoshlarga ma’lumotlar berib o‘tishdi. Tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lib, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Mutaxassislar talaba-yoshlarning savollariga o‘z ma’ruzalarida bergan ma’lumotlardan tashqari talaba-yoshlarga buyuk zot sarkarda Amir Temur hayoti, uning loy janglari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi. Shundan so‘ng dekan muovini H. Eshova barcha tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institutning matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov