Qutlug‘ nom maktabga in’om

O‘zingiz ta’lim olgan maktabga qadam qo‘yish o‘quvchilik, bolalik davringizni qabul qilish demakdir. Bolalik xotiralari jonlanadi o‘shal onda. Buning zamirida savob va ma’rifat bor. Kitob taqdim etish esa ma’rifat ulashish, ma’naviyatga tashnalarni qondirish talabi hamda ehtiyoji bilan bog‘liqdir.

"Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakulteti dekani, t.f.d. Isakov Abdusaid Jalilovich ham ana shu xayrli ishga bosh qo‘shdilar. 1979-1989 yillari o‘zlari tahsil olgan G‘allaorol tumanidagi 6-sonli o‘rta maktab o‘quvchilari uchun kitoblar to‘plamini taqdim etdilar. Kitob o‘qishga da’vat, aslida, ma’rifiy xitob demakdir.

          Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov