“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasiga qarashli 5430200 - “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlarini himoyasini va kafedraga tegishli 5A430201 - “Agrosanoat majmui elektrotexnik uskunalari va elektr ta’minoti” mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiya himoyasini “O‘zbekenergo” AJ ilmiy texnik markazi MChJ da bevosita ilmiy markaz xodimlari ishtirokida o‘tkazildi. Himoya natijalariga ko‘ra, barcha magistrantlar Tursunboeva Aziza, Tursunov Abbos, Xushvaqtov Muhiddin, Nazirov Sardor a’lo bahoga loyiq deb topildi. “O‘zbekenergo” AJ ilmiy texnik markazi MChJ direktori professor X. Muratov magistrantlardan Tursunboeva Aziza va Tursunov Abboslarni ish faoliyatlarini markazda davom ettirishlari uchun taklif bildirdi. “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi mudiri dotsent A. Berdishev magistrantlarni o‘qish davomidagi faoliyati va magistrlik dissertatsiya ishi natijalarini inobatga olgan holda, Nazirov Sardorga ilmiy ishini davom ettirish uchun tayanch doktaranturaga tavsiya berdi.
“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi mudiri dotsent A.S. Berdishev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov