AMALIYOT - NAZARIYA ASOSI

Nazariy bilimlar qanchalik chuqur egallanmasin, mukammal bo‘lmasin, bir kunlik amaliyotning o‘rni bo‘lakcha. Nazariy va amaliy bilimlar yonma-yon olib borilsa nur ustiga a'lo nur, qolaversa, mustahkam bilimga poydevor bo‘lajak. Хuddi shu maqsadlarni ko‘zlagan holda, "Gidromelioratsiya" fakulteti 2- bosqich 207 - guruh talabalari TIQXMMI qoshidagi Qorasuv poligoniga "Geologiya va gidrogeologiya" fanidan o‘quv amiyotini o‘tash uchun o‘quv amaliyot rahbari I.Ro‘ziyev, fakultet dekan muovini S.G‘ulomov va guruh murabbiyi S.Do‘stnazarovalar boshchiligida yetib kelishdi. Amaliyotning birinchi kunida talabalarga fanda bugungi kunda erishilgan yutuqlar haqida, ishlab chiqilayotgan innovatsion g‘oya va texnologiyalar shuningdek o‘quv amaliyotining maqsadi va vazifalari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar o‘quv amaliyoti uchun tayyorlangan sharoitlardan mamnun bo‘lishdi.

       GM fakulteti 207 guruh talabasi Azizbek Hasanov axboroti

       Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov