Ma’lumki, Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodida “Rostselmash” kompaniyasining qishloq xo‘jaligi texnikalarini xam ishlab chiqarish liniyasi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yil 29-aprel kuni institut va kompaniya o‘rtasida tuzilgan xamkorlik memorandumi doirasida Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalashtirish fakultetining professor-o‘qituvchilari Rossiyaning O‘zbekistondagi xamkori “ROSTSELMASh” korxonasining O‘zbekistondagi kunlari tadbirida ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekistonning turli viloyatlaridan mutaxassislar, agrar soha klasterlari va fermer xo‘jaliklari raxbarlari ishtirok etishdi. Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan qishloq xo‘jalik texnikalari taqdimoti o‘tkazildi.
Yig‘ilishda korxonaning bir qancha xodimlari so‘zga chiqib, Vektor 410 kombayni, DON 680 M ozuqa yig‘uvchi kombayni, RSM 2375 rusumli traktorlarining texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari yuqorida keltirilgan texnikalarning bazi detallarining zavodda mahaliylashtirilgani alohida ta’kidlandi. Texnikalarni ergonomik xususiyatlari va boshqarishda qulayliklari mutaxassislar tomonidan tushuntirildi.
Texnikalarga servis xizmati ko‘rsatish va ehtiyot qismlari uchun “ROSTSELMASh” tomonidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida “Rostselmash” kompaniyasining tijorat ishlari bo‘yicha direktori Shveysov Aleksey Nikolaevich bilan fakultet dekani uchrashuvida fakultet talabalarining mazkur zavodda amaliyotlar o‘tishi bo‘yicha kelishib olindi.