Turkiyaning Karabuk universiteti rektori Refik Po‘lat boshchiligidagi delegatsiyasi hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashrif buyurdi. Delegatsiya tashrifi institutimizda joylashgan A.Oripov muzeyini tomosha qilish bilan boshlandi. Uchrashuvda Karabuk universitetidan rektori prof. Refik Po‘lat, prorektor prof. Mujaxit Jo‘shkun, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Oya Onalan hamda institutimiz tomonidan Birinchi prorektor prof. B.Mirzayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor prof.A.Salohiddinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi d-r Sh.Raxmonov, Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbai kafedra mudiri d-r D.Qodirov, ushbu kafedra professori O.Tursunov, Ingliz tili kafedra katta o‘qituvchisi G.Eshchanovalar ishtirok etishdi.
O‘zaro ikki tomon tanishtiruvdan so‘ng har ikki tomonlarning tanishtiruv videoroligi namoyish etildi. Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, hamkorlikda qo‘shma loyihalar topshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. Uchrashuv davomida institutimizning laboratoriyalariga tashrifi bilan davom ettirildi. Uchrashuv so‘nggida ikki tomon o‘zaro esdalik sovg‘alar almashishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati