Barchamizga ma’lumki, hozirgi davrda diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizm dunyo ahlining xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani ko‘pchilikka sir emas. Yovuz niyatli kimsalarning tarafdorlariga aylanib qolayotgan ayrim yoshlarimizning nafaqat o‘z yurti balki, dunyo tinchligiga ham raxna solayotgani bizni tashvishga soladi. Bu yovuz niyatlarning farovon hayotimizni ko‘ra olmaslik kayfiyati, tuzumimizga qarshi tajovuzdan iborat urinishlari barcha taraqqiyparvar kishilarni g‘azablantirmoqda.
Hozirgi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan mudhish jarayonlar, xususan Suriya va Iroqda bo‘layotgan qonli urushlar uning oqibatida minglab begunoh aholi vafot etmoqda, eng achinarlisi shundaki, ular orasida yosh bolalar ham bor. Shunday voqealar bizning ham yurtimizda sodir bo‘lmasligi uchun siz – u bizdan doim ogohlik va sergaklik talab etiladi. Bundan tashqari bu borada targ‘ibot – tashviqot ishlari muhim o‘rin tutmoqda. Islom dinini inqilob qilib, o‘zlarini musulmonman, deya qo‘poruvchilik, terrorchilik xarakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagilarga asoslangan institutimiz talaba – yoshlar ongiga ogohlikni singdirish ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning 30 oktyabr kuni 7 – ma’ruzalar zalida QXM fakulteti talaba – yoshlari uchun “Diniy – ekstremistik oqimlar, missionerlik – davlat va jamiyatga tahdid” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Q. Shavazov hamda "Gumanitar fanlar" kafedrasi professori Sh.O‘ljaevalar ma’ruzachi sifatida qatnashib, yuqoridagi mavzu bo‘yicha talabalarga ma’ruza qilishdi va ogohlikga chorlashdi. Tadbir so‘ngidan talabalar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va o‘z fikrlarini bayon qilib o‘z takliflarini bildirishdi.
QXM fakulteti ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Raximov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov