Menejment kafedrasi xodimlari "Barqaror tadbirkorlik: mohiyat, maqsadlar, tendentsiyalar" ilmiy seminarida qatnashdilar. 2020 yil 29 oktyabrda o'tkazilgan ushbu ilmiy seminarda Tronxaym shahridagi Norvegiya tabiiy va texnika fanlari universiteti professori Martina Kaych va Sankt-Peterburg davlat universiteti dotsenti Sergey Smirnov ma'ruza qildilar. Professor Martina Keych tomonidan "Hamkorlik asosida dizayn, barqaror tadbirkorlik va mahalliy madaniyatni targ'ib qilish - nazariya va amaliyot aspektlari", iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Sergey Smirnov tomonidan esa "Juda o'xshash, ammo juda xilma-xil: Rossiya, Ukraina va Belorusiya Respublikasidagi tadbirkorlik profilini taqqoslash" mavzusida taqdimotlar o'tkazildi. Seminar yakunida tadbirkorlik sohasida ilm-fan va ta'limni rivojlantirish bo'yicha kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
TIQXMMI matbuot xizmati