Sharafli tashrif

Joriy yilning 30 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Kursk Qishloq xoʻjaligi Akademiyasi talaba va magistrantlari institutimizga tashrif buyurishdi. Ular institutning “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti va uning oʻquv laboratoriyalari hamda undagi oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Shundan soʻng V bino 205 – majlislar xonasida “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakultetida tahsil olayotgan rus guruh talabalari va fakultet professor – oʻqituvchilari bilan qizgʻin davra suhbati oʻtkazildi.

“Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari I. Raximov

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov