“Chexiyada oliy ta’lim olish imkoniyatlari” bo‘yicha taqdimotni o‘tkazib yubormang!

Chexiya Respublikasining Sanoat va savdo vaziri Marta Novakova boshchiligida ishbilarmonlar delegatsiyasi tashrifi rejalashtirilgan. Ushbu tashrif doirasida Chexiyaning Praga Metropolitan universiteti vakili d-r Yaroslav Galik tomonidan Chexiyada oliy ta’lim olish imkoniyatlari xaqidagi ilk taqdimoti o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Taqdimot davomida d-r Yaroslav Galik tomonidan qo‘yidagi ma’lumotlar batafsil ravishda taqdim etiladi:

1. Xorijiy talabalar uchun chex tili tayyorlov kurslari;

2. Bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish imkoniyatlari;

3. Ikki xil universitet talablari bo‘yicha ta’lim olish va bir xil darajaga ega diplomlarni olish (double-degree study programmes);

4. Praga shahridagi yozgi ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha maktablar

 

Barcha qiziquvchioarni 8 aprel kuni soat 16.00dan 18.00 ga qadar “Chexiyada ta’lim olish imkoniyatlari”ga bag‘ishlangan taqdimotga taklif qilib qolamiz.

Taqdimot manzili: Wyndham mehmonxonasi, Samarkand zali.