2-may kuni "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya" ta’minoti fakulteti “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” ta’lim yo‘nalishidagi 301- 302- 302a guruhlariga “Ishchi kasbini egallash”, “Energiya tejamkorlik asoslari” va “Elektr uskunalarini ekspluatatsiyasi va texnik servis” fanlaridagi laboratoriya ko‘chma dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. “Gidroponika markazi” DUK korxonasida soat 10:00 dan 14:50 gacha talabalarga yangi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy elektrotexnologiyalar borasida ma’lumotlarga berildi.
Talabalar “Energiya tejamkorlik asoslari” fani bo‘yicha avtonom elektr stansiyasi bo‘yicha energiya tejamkor elektr uskunalari bilan tanishtirildi. Ular “Ishchi kasbini egallash” faniga taalluqli zamonaviy elektr motorlarni ishlash prinsiplari bilan tanishtirildi. “Elektr uskunalarini ekspluatatsiyasi va texnik servis” fanidan elektr uskunalarni avtomatik boshqarish qurilmalarining ishlash pirinsiplari va remont grafiklari bilan talabalarga tushunchalar berildi. Darslarni «ET va EJF» kafedrasi assistentlari O.Matchonov va N.Markaevlar olib bordi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov