Inson sog‘ligi, avvalombor o‘zi uchun muhimdir. 2019 yil 4-oktyabrida Toshkent shahar aholi Reproduktiv salomatligi markazining mutaxassisi M. Azimova bilan birgalikda "Reproduktiv salomatlik tushunchasi. Sog‘lom turmush tarzi va uning tushunchasi" mavzusida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda QXM, GIM, GTQ, QSXET YeRB va SXTEB fakultetining talaba qizlari hamda professor - o‘qituvchilari qatnashdilar. Yig‘ilish juda ham mazmunli o‘tdi. Talaba qizlar ushbu yig‘ilishda faol qatnashib, o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va tegishli javoblarni olishdi.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Xafizova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov