Bolaning ko'ngli nozik. Hayotda tug’ma nuqsonlar bilan dunyoga keladiganlar ham yoxud baxtsiz hodisa sifatida keyinchalik, nogiron bo’lib qoladiganlar ham uchraydi. Ular bilan hamdard bo’lish insonparvarlik va odamiylikning muhim mezonlaridandir.
3- dekabr xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlab QSXET fakultetining yoshlar yetakchisi M. Lufullayev tashabbusi ostida fakultet 1-bosqich talabalari bilan birgalikda xayriya yo'li bilan qilingan tadbir Mirzo Ulug'bek tuman 105-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab internati tarbiyalanuvchilariga bir olam quvonch olib keldi. Bu bolalar aqlan va jismonan zaif bo'lsada ularni ko'ngli pok, orzulari osmon.
Bu tadbirdan o'zgacha shukuhda qaytgan QSXET fakulteti yoshlar jamoasi o'zlarining savobli va xayrli ishlaridan rosa mamnun bo’lishdi.
QSXET fakulteti yoshlar yetakchisi Lufullayev Muzaffar axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov