Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, el-u yurt tinchligi va ravnaqi yo`lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o`zimizni inson sifatida anglashni, odamiylik fazilatlarini ulug`lashni nazarda tutamiz”, - degan qimmatli so`zlari zamirida ana shunday hikmat yotibdi.
Kuni kecha “Gidromelioratsiya” fakultetining 107-guruh talabalari guruh murabbiyi Sanobar Do`stnazarova rahbarligida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning haykali qad rostlagan maydonda, Oqsaroy qarorgohida bo`lishdi. Islom Karimov siymosida, uning nigohlarida xuddi hayotlik paytidagidek o`z xalqiga mehr aks etib turganini anglagandek bo`ldik. Biz yoshlar, kelajak bunyodkorlari buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lishga, ulug` yodlarini qalbimizda pok hamda mangu saqlashga, ular barpo etgan Mustaqil ona O`zbekistonimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilishga va’da beramiz degan mulohazalar talabalar ko’nglidan kechgani rost.
GM-107 - guruh talabasi Azizbek Hasanov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov