O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi "Xalqaro rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokida oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ-2848-sonli qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan "RB Asia" konsalting kompaniyasi bilan birgalikda loyiha doirasida "ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va qizlar qatlamlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi va ta’lim olishida vujudga kelayotgan to‘siqlar va ularni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqishda texnik yordam ko‘rsatish" yo‘nalishidagi olib borilgan tadqiqot bo‘yicha Vazirlik xuzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi qoshidagi talabalarning media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskanida seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar ishtirokchilariga zaruriy ma’lumotlar berildi.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Xafizova axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov