Xalqaro hamkorlikning yangi pogā€˜onasi

Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instutiga Xitoy fanlar akademiyasi Xinjiang provinsiyasi bo‘limi vitse prezidenti hamda Markaziy Osiyo Ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari institutining direktori professor Chen Xi hamda Markaziy Osiyo Ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari institutining direktori o‘rinbosari professor Liu Venjiang rasmiy tashrif bilan kelishdi.

Ushbu tashrifning asosiy maqsadi institutlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda 2019 yil yanvar oyida tuzilgan memorandum doirasida xalqaro loyihalar ishlab chiqish professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarning o‘zaro malaka almashinuv tadbirlari rejasini sentyabr oyiga qadar hamkorlikda ishlab chiqish va tasdiqlash shu asosda 10 ga yaqin talaba, tadqiqotchi hamda xodimlarni Xinjiang institutiga 2019-2020 o‘quv yillarida tashrifini ta’minlash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘ldi.

Bunga ko‘ra institutimizning konferensiyalar zalida mehmonlar bilan maxsus taqdimot o‘tkazildi. Ushbu tadbirda institut xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori professor A.T.Saloxiddinov, "Gidromelioratsiya" fakulteti dekani professor A.M.Fatxullaev, institutning turli kafedralari mudirlari, professor-o‘qituvchilari tadqiqotchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.

Muzokaralar 4 yo‘nalishda: Orol dengizi havzasida suv boshqaruvini takomillashtirish borasida loyihalar ishlab chiqish, ta’lim va tadqiqot masalalarida malaka almashinuvi, birgalikda zamonaviy demonstratsion tajriba maydonlarini yaratish va ulardan hamkorlikda foydalanish, o‘qitish tizimini birgalikda takomillashtirish masalarida olib borildi va ba’zi asosiy vazifalar belgilab olindi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov