Bugungi kungacha O‘zbekistonda yangidan yangi muzeylar tashkil etilib, madaniy hayotimizning uzviy qismiga aylandi. Ularning ichida Temuriylar tarixi davlat muzeyi alohida ahamiyatga egadir. Ushbu muzey Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettiradi.
Yosh avlodni tariximizga, buyuk shaxslarga, ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 6-aprel kunida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakulteti Gidrologiya (Suv omborlarida) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 17-guruh talabalari hamda guruh murabbiyi assistent S. Mansurov boshchiligida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat mobaynida Temuriylarga tegishli tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdi.
Ushbu bino nafaqat muzey sifatida, balki Amir Temur va Temuriylar davri tarixini o‘rganuvchi ilmiy markaz sifatida xalqimizning davlatchilik tarixini yoritib beruvchi, ajdodlarimizning boy moddiy va ma’naviy merosini o‘zida mujassamlovchi va ilmiy tadqiq etib kelajak avlodga yetkazuvchi yagona ob’ekt ham hisoblanadi. Shuning uchun ham barchangizni ushbu muzeyga tashrif buyurib, moddiy va ma’naviy merosimizni tomosha qilishga taklif etamiz.
“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti Mansurov S. Axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov