Amaliyot va nazariya uyg‘unligi – davr talabi

Institutning "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti Yer kadastri va yerdan foydalanish ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 2019 yil 2–6 oktyabr kunlari TIQXMMI ilmiy-o‘quv markazida “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” fani bo‘yicha o‘quv amaliyoti tashkillashtirildi. Amaliyot davomida talabalarga fan bo‘yicha olinayotgan nazariy bilimlarning amaliyotda qo‘llanilishi masalalariga katta e’tibor berildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarga dala sharoitida tuproq asosiy kesmasi asosida tuproqning tuzilishi, genetik qatlamlari va morfologik belgilari haqida ma’lumotlarni yetkazishdi. Qishloq xo‘jaligida almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

2019 yil 5 oktyabr kuni Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti Tuproq kimyosi va mineralogiyasi bo‘limi katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Shodiyeva Nilufar va kafedra o‘qituvchilari birgalikda tuproqning turli xossa va xususiyatlarini dala sharoitida tezkor aniqlash imkonini beradigan zamonaviy asbob-uskunalar to‘g‘risida ma’lumot berildi va dala sharoitida ulardan foydalanish tartiblari ko‘rsatildi.

Kafedra mudiri, dotsent O.Xakberdiyev axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov