Joriy yilning 3 aprel kunida TIQXMMI harbiy kafedrasi 10 va11 -guruh talabalari «KARTOGRAFIYA» Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasiga amaliyotda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi. Korxonaning elektron xaritalar va dizayner bo‘limi boshlig‘i talabalarni kutib olib korxona hududidagi xavfsizlik choralarini yetkazdi va tadbirni boshladi.
Talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash,va amaliyotda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishni elektron xaritalarni tuzish va tahrirlash bo‘limi boshlig‘i N.Umarova yordamida boshlashdi. Bo‘lim xodimlar tomonidan O‘zbekistan Respublikasi viloyatlarining siyosiy-ma’muriy ma’lumotlar xaritalarini yangilash bilan shug‘ullanishar edi. Elektron xaritalarni tuzishda qo‘llaniladigan zamonaviy dasturlar (programmnoe obespecheniya Arc GIS, GIS «Panorama») talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular harbiy kafedrada olgan nazariy bilimlarini amaliy bajarishda o‘zlarini sinab ko‘rishdi.
Tanishish jarayoni qog‘ozlarni bosmaga tayyorlash sexida davom ettirildi, bu joyda talabalarga qog‘ozlarni saqlashga doir talablar va qog‘ozlarni keyingi bosmaga tayyorlash uchun belgilangan o‘lchamga keltirishni ko‘rsatishdi. Talabalar uchun asosiy jarayon bu bosmaxonadagi qizg‘in ish bo‘lib zamonaviy bosma uskunalari edi, bu to‘rt rangli bosma mashinalar: Yaponiya va Germaniyada ishlab chiqarilgan RYOBI – 780E, RAPIDA – 105.
«KARTOGRAFIYA» Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasining zamonaviy bosma uskunalarida chop etilgan kartografik materiallar raqobat bardosh bo‘lib, O‘zbekistondagi o‘rta maktablarda, kolledjlarda va oliy o‘quv bilim yurtlarida qo‘llanishini va qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinishini elektron xaritalar va dizayner bo‘limi boshlig‘i Xalikov J.M. ta’kidlab o‘tdi.
«KARTOGRAFIYA» Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasining mahsulotlari ko‘rsatilgan mamlakatlarga ekspert qilinishi aytib o‘tildi. Shuning bilan «KARTOGRAFIYA» Davlat ishlab chiqarish korxonasi bilan tanishish nihoyasiga yetdi, unda TIQXMMI harbiy kafedrasi maxsus tayyorgarlik sikli talabalari o‘z tanlagan kasblarini amaliyotda ko‘rib aniq xulosalarga ega bo‘ldilar.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov