Joriy yilning 6-iyun kuni magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimga magistrantlarning ota-onalari, institut professor-o‘qituvchilar, hamda sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari rahbarlari taklif etildi. "Bu yilgi bitiruvchilarning magistrlik dissertatsiyalarini yuqori darajada tayyorlanganligi Davlat attestatsiyasi Komissiyasi tomonidan alohida e’tirof etildi" deydi institut rektori professor O‘.Umurzakov — Ayniqsa, 18 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalarining chet tillarida himoya qilinganligi e’tiborga sazovordir.
Magistratura bo‘limi boshlig‘i professor A.Yangiev so‘zga chiqib, magistrlarga institut rektorining magistrlik darajasini berish bo‘yicha buyrug‘ini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng birma-bir magistrantlar o‘zlarining ikki yillik mashaqqatli mehnatlari samarasi bo‘lgan magistrlik diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar. Filologiya fanlari nomzodi R.Jumaniyozov bitiruvchilarga o‘z tabrigini yo‘llab, institutda ta’lim olib hozirda bizning faxrimizga aylangan insonlar haqida gapirib o‘tdilar. Tantana davomida ota-onalar so‘zga chiqib magistrantlarni bugungi ilm ostonasidagi dastlabki qadamlari bilan, professor-o‘qituvchilarni esa bugungi shogirdlarining yutuqlari bilan tabrikladilar. Bitiruvchi magistrlardan E.Ozodov va S.Xolovalar barcha magistrlarni tantana bilan samimiy qutlab institut ARM ga bitiruvchi magistrlar nomidan 40 dan ortiq badiiy kitoblarni tuhfa etdilar.
Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Yangiev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov