Xotira ajdod va avlodlar orasidagi ko‘prik

Umrni oqar suvga qiyoslashadi, o‘tgan bir lahzani ham ortga qaytarib bo‘lmaydi. Lekin qilingan ezgu amallar, oradan yillar o‘tsa-da, eslanaveradi, tilga olinaveradi. Ertalab qarzlaringizni, kechqurun qarzdorlaringizni eslang degan faylasuflardan biri. Bu yaxshilik va ezgulik orqaligina dillarga muhrlanish mumkinligi haqidagi haqiqat bor unda. Oladigan narsasi uchun emas, balki qoladigan narsalar haqida ko‘proq o‘ylash o‘rinlidir. Bu yurt himoyasi, vatan mudofaasi uchun fidoyilik hamda matonatning aks sadosidir.

9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Shu  munosabat  bilan institut ma’muriyati tomonidan tashkil qilingan onlayn muloqotda professor o‘qituvchilar talabalar qatnashdi. Har bir professor o‘qituvchi garchan uyda karantinda bo‘lsa ham ularning har birining ma’naviyatga oshna, ma’rifatga tashna ekanligi va o‘z kasbiga sodiqligini sezmaslik, aslo mumkin emas edi. Institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Ro‘zimurod Choriyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu onlayn dasturda institut ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Zuhriddin Haydarov moderatorlik qildi.

Professor Qiyomiddin Nazarov va dotsent Rahimboy Jumaniyozovlarning mavzu yuzasidan mulohazalari, ayniqsa, qiziqarli faktlarga va xulosalarga boyligi bilan   ajralib turdi. Ajdodlarning jasorati avlodlarga ibrat bo‘lishi bilan ahamiyatli va ularni bog’lovchi nuqta ham xotiradir. Inson aziz va uning xotirasi muqaddasdir.

TIQXMMI “Gumanitar fanlar” kafedrasining assistenti  Muqimov Bahriddin ma'lumoti

 TIQXMMI matbuot xizmati